Qisqa teri va zamshadan yasalgan kurtkalarni (qisqa model) kimyoviy tozalash xizmati.

( 0 baho )
450 000 so'm / dona
Xizmatlar Chakana
Artikul: S-0018815
  • Tavsif

Hammamizga chiroyli va zamonaviy kurtkalar yoqadi. Biroq, ularning uzoq xizmat qilishi va issiqlik saqlashi uchun yaxshi parvarish zarur. Kurtkalarni uy sharoitida yuvish yoki tozalash ko‘pincha uni tozalash o‘rniga shikastlashi, dastlabki rangining o‘zgarishi yoki o‘lchamining kattalashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, biz sizga kurtkalarni kimyoviy tozalash xizmatini taklif etamiz.

Bizning kimyoviy tozalash markazimiz barcha turdagi kurtkalarni tozalash uchun zarur jihozlar va zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lib, ularga dastlabki ko‘rinishini qaytaradi. Buyurtma bajarilish muddati 10 kunni tashkil etadi.

Mijoz e’tiboriga!

 

Teridan, zamshadan va mo‘ynadan tayyorlangan barcha buyumlar tozalangandan so‘ng antistatik va suv o‘tkazmaydigan maxsus vositalar bilan ishlov beriladi. Zarurat tug‘ilganda teridan yasalgan buyumingiz rangini yangilash xizmati bepul taqdim etiladi. Aralash teri va zamshadan tayyorlangan buyumlarni tozalash imkoniyati va narxi texnolog tomonidan aniqlanib, mijoz bilan telefon orqali kelishiladi.