- Tavsif
Har bir avtomobilda o‘rindiqlar va salon uchun qoplamalar bo‘ladi, ularning chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi zarur. Avtomobil qoplamalarini ifloslantirish juda oson: yomg‘ir yoki qor paytida ho‘l kiyimda o‘tirish, ichimliklarni to‘kib yuborish va hokazo. Bizning professional jamoamiz qoplamalarni iflosliklardan tozalaydi va saloningiz yana chiroyli ko‘rinadi.
Bizning kimyoviy tozalash markazimiz barcha turdagi qoplamalarni tozalash uchun zarur uskunalar va zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lib, ularga dastlabki ko‘rinishini qaytaradi. Buyurtma bajarilish muddati — 10 kun.
Mijoz e’tiboriga!
Teridan, zamshadan va mo‘ynadan tayyorlangan barcha buyumlar tozalangandan so‘ng antistatik va suv o‘tkazmaydigan maxsus vositalar bilan ishlov beriladi. Zarurat bo‘lsa, teridan yasalgan buyumingiz rangini yangilash xizmati bepul amalga oshiriladi. Aralash teri va zamshadan tayyorlangan buyumlarni tozalash imkoniyati va narxi texnolog tomonidan aniqlanib, mijoz bilan telefon orqali kelishiladi.