- Tavsif
Pledni kimyoviy tozalash
Sovuq qish kechasida iliq pledga o‘ralib, oilaviy muhitda yoki do‘stlar bilan issiq choy ichib o‘tirish naqadar yoqimli... Yoki tabiat qo‘ynida iliq yoping‘ichni yelkangizga o‘rab, chiroyli suhbatlashish.
Odatda pled tarkibida jun bo‘ladi, shuning uchun uni tozalashda uy sharoitidagi vositalardan ko‘ra, bu ishni professional mutaxassislarga topshirish ma’qul. Agar siz “Pledni kimyoviy tozalash” xizmatidan foydalansangiz, mutaxassislar yumshoq va maxsus kimyoviy vositalar yordamida sevimli yoping‘ichingizni yangidek tozalab beradi.
Buyurtma bajarilish muddati 2 dan 3 kungacha.